Tavsif:
Kim Ji-yon bolaligida onasining shafqatsizlarcha o‘ldirilganiga guvoh bo‘ladi. Ammo qotil sudda "qilmishidan chin dildan afsusda" ekanligi sababli bor-yo‘g‘i 3,5 yillik qamoq jazosi bilan qutulib qoladi.
Oradan 17 yil o‘tib, Ji-yon Politsiya akademiyasining namunali talabasiga aylanadi. Ammo dam olish kunlari u qonun va adolat jazolay olmagan jinoyatchilarni o‘zi ovlashga tushadi. Kunduzi — bo‘lajak politsiyachi, tunda esa — jinoyatchilarga shafqatsiz hukm o‘quvchi Adolat qasoskori!
Ko'proq o'qish▼